Jamiyat

Oʻzbekistonda ota-onalar bilan ishlaydigan jamoatchilik tuzilma takomillashtirildi

© AP PhotoUzbekskaya semya progulivayetsya po parku vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Tashkente
Uzbekskaya semya progulivayetsya po parku vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati oʻz ishini boshladi

Qaror bilan fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra universitetning asosiy vazifasi, jumladan farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yigʻinidagi oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish hisoblandi.

Universitet tarkibi 10-15 nafar aʼzodan iborat tarkibda ovoz berish yoʻli bilan shakllantiriladi.

Har yili Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan "Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-ahloqiy qadryatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis" koʻrik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va aʼzolarini ragʻbatlantirish boʻyicha alohida nominatsiyalar joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala