Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPuchok opticheskogo volokna
Puchok opticheskogo volokna - Sputnik Oʻzbekiston
Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi Digital CASA loyihasi doirasida Oʻzbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston va Jahon banki 2019 yilda Digital CASA loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga soliq tizimini isloh qilish boʻyicha maslahat berdi

Digital CASA – Jahon bankining Markaziy va Janubiy Osiyoning dengizga chiqish imkoni boʻlmagan davlatlari uchun tezkor internet aloqasiga ulanish imkonini yaratishga qaratilgan loyihasidir.

Jahon bankining ushbu dasturi asosida Afgʻoniston va Qirgʻiziston uchun ishlab chiqilgan loyihalari 2018 yilning mart oyida bankning Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan edi.

Oʻzbekistonda ham ayni damda ushbu loyihani amalga oshirish uchun tayyorlarlik koʻrilmoqda. Uni amalga oshirish 2019 yilda boshlanishi kerak. Kelajakda ushbu loyiha Qozogʻiston va Tojikistonni ham qamrab olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala