Jamiyat

Haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyilgani bilan alimentchida pul paydo boʻlib qolmaydi – yurist

© Foto iz lichnogo arxiva Viktorii DergunovoyAdvokat po semeynыm delam Viktoriya Dergunova
Advokat po semeynыm delam Viktoriya Dergunova - Sputnik Oʻzbekiston
Dergunova qarzdorlik koʻpincha aliment toʻlovchining ishga joylasha olmasligi yoki aliment miqdoridan noroziligi tufayli paydo boʻlishini bildirdi.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Oila ishlari boʻyicha advokat, Women’s Rights Watch kompaniyasi hammuassisi Viktoriya Dergunova aliment toʻlashdan boʻyin tovlaydiganlardan qarzlarini undirishning samarali yoʻllari haqida aytdi.

Yuristning fikricha, agarda qarzdorning aliment toʻlash uchun puli boʻlmasa, uning haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyish vaziyatni oʻnglamaydi, balki aksincha qiyinlashtiradi.

"Bir tarafdan olib qaraganda, pul yoʻq boʻlsa, bunday choralar qoʻllanilganida aliment toʻlovchining qoʻlida pul paydo boʻlib qolmaydi. Shu bois men qarzdor qarzlarini toʻlashi uchun majburiy mehnatga jalb etilishi tarafdoriman. Yana bir yoʻli aliment toʻlash boʻyicha maxsus davlat fondlarini tuzish. Ikki fuqaroning sudlashuvi boshqa, davlat bilan sudlashuv boshqa – davlat bilan sudlashishni hech kim xohlamaydi", — dedi Dergunova.

Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aliment toʻlamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qoʻyilishi mumkin

U qarzini toʻlash imkoniyati boʻla turib bundan boʻyin tovlaydiganlarga nisbatan cheklovlar qoʻllanilishini samarali deb hisoblaydi.

"Xorijga chiqishni yoki avtomobil boshqarishni cheklash kabi usullar faoliyati xorijiy safarlar yoki transport bilan bogʻliq shaxslarga nisbatan judayam samarali. Rossiyada bunday choralar anchadan buyon muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda", — dedi u.

Dergunova qarzdorlik koʻpincha aliment toʻlovchining ishga joylasha olmasligi yoki aliment miqdoridan noroziligi tufayli paydo boʻlishini bildirdi.

Avvalroq Oʻzbekistonda aliment toʻlamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qoʻyish amaliyotini joriy etish taklif etilayotgani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala