Aktrisa Farangiz Rejametova YTH oqibatida vafot etdi

Obuna bo‘lish
U Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmida bosh rolni ijro etgan

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

“O‘lim yosh tanlamas ekan. Fojea qachon, qay mahal boshingga kulfat yog‘dirishini bilmas ekansan. Bugun kutilmagan avto falokat hammamiz tanigan, "Oyijon" filmidagi rolidan keyin sevib qolgan iste’dodli aktrisa, Farangiz Rejemetova(Jamolxonova)ni oramizdan olib ketdi. Bu kun uning hayotiga nuqta qo‘yilgan kun bo‘lib qoldi.Bu gaplarni yozayapmanu... Farangizning bolaligidan to shu kunga qadar tanigan, bilgan chog‘larim ko‘z oldimdan o‘tayapti. Biz u bilan o‘tgan hafta xuddi shu kuni Samarqandda, "Saxovat-shou" ko‘rsatuvida syomkada edik. U bilan Farangiz hali juda kichkinaligida, Milliy teatr tarkibida, Moskvada ham gastrolda bo‘lganmiz. U kichkinaligidanoq juda mustaqil qizaloq edi. Ko‘zlarida bir dunyo orzu-umidlar bor edi”, deb yozadi jurnalist.

Shohira Hamroning ma’lum qilishicha, Farangiz Rejametova 21-iyul kuni soat 11:00 da so‘nggi yo‘lga kuzatiladi.

Yangiliklar lentasi
0