Analitika

Dunyoda tonirovka uchun eng qimmat narx qayerda

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po vыyavleniyu avtomobiley s tonirovannыmi steklami
Reyd GIBDD po vыyavleniyu avtomobiley s tonirovannыmi steklami - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyodagi uch davlatdan boshqa sobiq ittifoq davlatlarida tonirovka uchun davlatga hech qanday pul toʻlanmaydi.

TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik, Anton Kurilkin. Oʻzbekistonda 1 avgustdan avtomobillarning oynasini qoraytirishga ruxsat berildi. Ammo bu ruxsatni olish avtomobil egalariga mahalliy mezonlar boʻyicha oʻta qimmatga – yiliga ikki ming dollar atrofida tushadi.

Bunday pulni oʻrtacha oʻzbekistonlik toʻlashi qiyin – Davlat statistika qoʻmitasining hisobotiga koʻra, mamlakatda oʻrtacha oylik ish haqi ikki yuz dollarga yaqin. Demak, birgina ruxsatnomani olish uchun bir kishi 10 oyga yaqin pul toʻplashi kerak. Ruxsatnoma esa bir yilgina amal qiladi.

Nochnoy Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "tonirovka" masalasida qaror qabul qilindi

Avtomobil oynasini qoraytirish uchun davlatga boj toʻlash amaliyoti jahonda unchalik keng tarqalmagan  - sobiq SSSR mamlakatlari orasida faqatgina Tojikiston (265 dollardan 500 dollargacha) va Qirgʻizistondagina (200 dollar atrofida) ruxsat olish uchun pul toʻlanadi.

Markaziy Osiyodagi uch davlatdan boshqa sobiq ittifoq davlatlarida tonirovka uchun davlatga hech qanday pul toʻlanmaydi. Yevroittifoq mamlakatlarida ham xuddi shunday.

Hukumat baʼzida mavsumiy cheklovlar kiritishi mumkin – masalan, Ozarbayjonda qoraytirilgan oyna bilan faqat may oyi boshidan noyabr oʻrtalarigacha yurish mumkin. Ruxsat berilmagan davrda oynalari qoraytirilgan mashinada yurganlik uchun 80 dollar jarima toʻlanadi.

Belarusda faqatgina zavoddan oynalari qoraytirilgan holda ishlab chiqarilgan mashinalarga ruxsat berilgan  - mustaqil ravishda oynani qoraytirish mumkin emas. Qoidani buzganlar 250 dollargacha jarimaga tortiladi.

Standartlarni buzganlik uchun Latviya va Litvada mos ravishda 85 va 40 yevro jarima belgilangan. Cheklov faqatgina old va old yon oynalarga belgilangan. Orqa oynani istagancha qoraytirish mumkin.

Sotrudnik MVD osuщestvlyayet kontrol plotnosti tonirovki  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ekspertlar tonirovka uchun toʻlov miqdorini kamaytirishni taklif qilishdi

Moldovada ham shunga oʻxshash qoida – orqa oynani istagancha qoraytirish mumkn, ammo old oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligi talablarini buzganlik uchun 115 dollargacha jarima va 5 jarima balli belgilangan (15 ballga yetganida bir oz vaqtga haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi).

Qozogʻistonda old oynalarni qoraytirish taqiqlangan, orqa oynalarni esa qoraytirish yoki parda tortish mumkin. Standartlarga rioya qilmaganlik uchun 35 dollar jarima solinadi.

Oynani qoraytirish ishqibozlariga eng koʻp Rossiyada erkinlik berilgan – notoʻgʻri tonirovka uchun jarima atigi 500 rubl yoki 8 dollarni tashkil etadi. Duma deputatlari bu jarima miqdorini oshirishni bir necha marta taklif etishdi, ammo bu tashabbus qoʻllab-quvvatlanmadi.

Oʻzbekistonda tonirovka uchun jarima eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida yoki taxminan 22 dollar edi. Yangi qonun loyihasiga koʻra esa jarima miqdori bir necha baravarga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala