Jamiyat

Toshkentning yangi rasmiy gerbini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi

Gerbda shaharning oʻtmishi va bugungi zamonaviy qiyofasi aks etishi lozim.

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi va jamoat kengashi tashabbusi bilan Toshkentning yangi rasmiy gerbini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.

Gerbda shaharning oʻtmishi va bugungi zamonaviy qiyofasi aks etishi lozim.

Tanlov 16 iyuldan 25 avgustga qadar davom etadi, ijodiy ishlar 18 avgustga qadar qabul qilinadi. Unda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov mukofot jamgʻarmasi – 10 million soʻm.

Eslatib oʻtamiz, poytaxtning amaldagi gerbi bundan 21 yil oldin, yaʼni 1997 yilda tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala