TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Filial yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida muhandis-texnik xodimlarni tayyorlaydi, shuningdek yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib boradi.
Filial taʼlim faoliyatini 2019/2020-oʻquv yilidan boshlaydi. Taʼlim asosiy muassasa tasdiqlagan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha olib boriladi.
“MMFI” filialiga qurilishi tugallanmagan radiokimyo majmuasi va unga tutash hududlar beriladi. Bu yerda binolar rekonstruktsiyasi hamda talabalar va oʻqituvchilar yashashi uchun yotoqxonani tayyorlash ishlari boshlanadi.
Davlat granti asosida tahsil olgan filial bitiruvchilari Oʻzbekiston ishlab chiqarish-sanoat tashkilotlarida eng kamida besh yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.