Abdulaziz Kamilov AQShda din erkinligi masalalarini muhokama qiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii
Prazdnovanie Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQShda din erkinligi masalalarini muhokama qiladi.

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 24-27 iyul kunlari AQShga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 24-27-iyul kunlari amaliy tashrif bilan AQShda bo‘ladi. Tashrif doirasida Diniy erkinlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi,” – deyilgan xabarda.

Undan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasining Vashington shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari AQSh Davlat departamenti hisobotidan norozi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning yanvar oyida AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Xezer Nauert, o‘nlab mamlakatlarga, jumladan O‘zbekistonga ham diniy erkinlik masalalari borasida bir qator da’volari borligini e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bunga javoban Davlat Departamentining hisoboti mamlakatda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni hisobga olmaganini qayd etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0