Dunyoda

Choʻlpon Otada tashqi ishlar vazirlari nimalarni muhokama qilishdi?

© MID KRVstrecha ministrov inostrannыx del stran TSA v Cholpon Ate
Vstrecha ministrov inostrannыx del stran TSA v Cholpon Ate - Sputnik Oʻzbekiston
Choʻlpon Otada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston va tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Qirgʻizistonning Choʻpon Ota shahrida 20-22-iyul kunlari Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.  

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulaziz Kamilov Qatar delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlari jamlanib, 2018 yilning 15 martida Ostonada boʻlib oʻtgan maslahatlashuv yakunlarini mustahkamlashga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Xususan, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini, xavfsizlikni taʼminlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik va boshqalar. 

Uchrashuv kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin olgan edi:

  • Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi davlat chegaralarini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish hamda mintaqadagi hududlararo va chegaraoldi hamkorlikning faollashishidagi ijobiy oʻsish;
  • Xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, uyushgan transmilliy jinoyatlar hamda mintaqaviy xavfsizlikning tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zaruriyati;
  • Savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, oʻzaro savdoni koʻpaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi, mintaqa ichidagi investitsion hamkorlikni olgʻa surish;
  • Mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqa davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanishiga, transport infratuzilmasining rivojlanishiga va transport kommunikatsiyalari orqali tranzit yuk tashishni yoʻlga qoʻyishga imkon yaratish;
  • Markaziy Osiyoda suv-energetika manbalaridan kompleks foydalanish. Mazkur sohada mintaqaning barcha mamlakatlari qiziqishlaridan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, oʻzaro manfaatli hamkorlikning barqaror uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati;
  • Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining madaniyati, tarixi va tillari mushtarakligini qayd etdilar hamda taʼlim, madaniyat, sanʼat, fan, turizm va boshqa sohalardagi davomiy hamkorlikni rivojlantirish;

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining keyingi uchrashuvi Tojikiston Respublikasida oʻtkazilishi belgilab olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala