Madaniyat

Savitskiy muzeyidagi asar qanchalik zarar koʻrgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoRabota restavratsionnыx masterskix Tretyakovskoy galerei
Rabota restavratsionnыx masterskix Tretyakovskoy galerei - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova va muzeyning sobiq direktori Marinika Bobonazarova zarar koʻrgan asarni koʻzdan kechirish uchun muzeyga kelishdi.

TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. Jamoatchilik faoli Murat Sarsenov oʻzining Facebookdagi sahifasida xabar berishiga koʻra, Savitskiy muzeyida oʻt oʻchirish tizimining oʻz-oʻzidan ishlab ketishi oqibatida rassom Aleksandra Shevchenkoning  "Baba s vedrami" nomli asar qanchalik zarar koʻrganini xabar qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, shu kunlarda Nukus Sanʼat muzeyiga Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova va muzeyning sobiq direktori Marini Bobonazarovalar kelishgan.

Madaniyat
Savitskiy muzeyidan qaygʻuli xabar

“Marinika Bobonazarovaning soʻzlariga koʻra, boʻyoqning 60%ga yaqin qismi xolstdan koʻchgan. Boʻyoq ostidagi qatlam (grunt) joyida, lekin rasm achinarli ahvolda”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, ushbu mashhur asarni qayta tiklash bilan xorijiy mutaxassislar shugʻullanishi aytib oʻtilgan.

Biroz oldin muzey oʻzining rasmiy xabarida ayni damda xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilayotganini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Shevchenkoning "Baba s vedrami" asar — Nukus muzeyining eng taniqli eksponatlaridan biri. Alerte Heritage jamiyati mutaxassislariga koʻra, kartinaning bugungi kundagi bahosi oʻrtacha 1,5 million dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0