Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shu yil avgust oyida O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi Mehr News Agency nashri.

Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova - Sputnik O‘zbekiston
Fedorova Eron nima uchun bu qadar O‘zbekistonga qiziqib qolganini tushuntirdi

Mamlakat rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport sohalarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, tomonlar aviaqatnovlarni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston va Eron bojxona masalalari bo‘yicha shartnoma imzolanishi mumkin. Ushbu shartnoma hukumatlararo komissiya yig‘ilishida 2018-yil aprel oyida Tehronda ko‘rib chiqilgandi.

Bundan avval "O‘zbekiston temir yo‘llari" vakili O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Oman transport yo‘lini rivojlantirish xususida o‘z rejalarini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Eron tomoni "Xaf-Hirot" temir yo‘l qurilishiga ham yordam berish bo‘yicha va’da bergan. Kelgusida bu yo‘l "Mozori-Sharif-Hirot" liniyasi davomi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0