Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirish taklif etildi

© Sputnik / Lesya Polyakova / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy malchik
Novorojdenniy malchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Murojaatda amaldagi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berish tizimini takomillashtirish kerakligi haqida aytilgan.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani FHDOda emas, balki tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirish tartibini joriy etish haqida murojaat joylashtirildi.

Rabota v laboratorii po standartizatsii elektroniki  - Sputnik O‘zbekiston
1 sentabrdan ilmiy xodimlar maoshi oshadi

Unda aytilishicha, hozirgi kunda tug‘uruqxonalarda tug‘ilgan chaqaloqlarni qayd etish guvohnomalarini olish birmuncha qiyinchiliklar va ovoragarchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Chunonchi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun tug‘uruqxonadan tegishli ma’lumotnomani olib bir qancha yo‘l bosib, tuman FHDYo bo‘limiga borishga to‘g‘ri keladi. U yerda darrov tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritish amri mahol, deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, soat 9:00da ish boshlaydigan FHDYo bo‘limida soat 7:00 dan boshlab tumonat odamlar navbatda turadi. Navbat yetib, 3-4 soat deganda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga kiritasiz. Keyin esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tug‘uruqxonaga olib borishga to‘g‘ri keladi. Aks holda tug‘uruqxonadan yangi tug‘ilgan bola va onasiga uyiga ketish uchun ruxsat berilmaydi. Shu sababli amaldagi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani berish tizimini takomillashtirish kerak.

"Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani FHDYo bo‘limida emas, balki tug‘uruqxonaning o‘zida rasmiylashtirishni taklif qilamiz. Mazkur taklifning amalga oshirilishi fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratilishiga olib keladi", - deyiladi murojaat matnida.

Yangiliklar lentasi
0