Jamiyat

“Daraxtxoʻr” manqurtlar bizda qanday koʻpayib ketdi? – deputat

© Troll.uzVыrubka mnogoletnix derevyev
Vыrubka mnogoletnix derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Bu chinorlarni siz ekmagansizku, tagiga bir chelak suv quymagansizku. Sizda na manaviy va moddiy xuquq yoʻq daraxtlarni taqdirini xal qilishga, kesishga, pullashga, - deydi deputat.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. “Daraxtxoʻr” manqurtlar bizda qanday koʻpayib ketdi?  Biz qachon bu darajaga keldik?, - deb yozgan Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, OʻzLiDep deputatlik guruhi rahbari Nuriddin Zaynitdinov oʻzining Facebookdagi sahifasida.

“Bu vaxshiylik koʻp koʻtarildi va gapirildi. Lekin faqat vadalar va quruq gaplar boʻldi...
200 yillik chinorni kesib 46 mln. soʻm jarima toʻlatish, menimcha kulgili holat. 200 yillik chinor nimalarni koʻrmagan?

Ohirgi 100 yilda ham bunchalik daraxtlar kesib tashlanmagan.  1 kub.m. chinorni $800-$1000 AQSH dollariga pullayotgan vijdonsiz, manqurt yurtdoshlarimiz va ularga panoxkor bulgan mansabdorlaru, ulardan mebel tayyorlab sotayotgan insofsiz tadbirkorlar, ularni mebelini sotib olib, xashamatli uyini bezatayotgan boylarimiz...
Qachon insofga kelasizlar?

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million soʻm jarima belgilandi

Butun chinorlaru-daraxtlarni bitta qoʻymay qirib, yoʻq qilib, sotib yubormaguningizgachami?!
Bu daraxtlarni, chinorlarni siz ekmagansizku, tegiga bir chelak suv quymagansizku, Sizda na manaviy va moddiy xuquq yoʻq daraxtlarni taqdirini xal etishga, kesishga, pullashga...

Chinorlarni va boshka daraxtlarni kesganlik yoki nobud qilganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosini, 1000 dona daraxt koʻchatini ekish, 1 yilga choʻlga saksovul ekish majburiy jazosini berish kerak.

Jazoni kuchaytirish, lozim boʻlsa, prokuratura tizimida maxsus inspektsiya tuzilisa, shu masala bilan shugʻullansa maqsadga muvofiq boʻladi.

Bu masalada Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston ekologik harakatining olib borayotgan faoliyati umuman talabga javob bermaydi. Shuncha minglab daraxtlarning nobud qilinishiga shu ikki tashkilot vakillari vijdonan javob berishlari lozim”, - deb oʻzining soʻzini yakunlaydi Nuriddin Zayniddinov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala