Hodisalar

Firibgarlik qilib 82 ming dollarni oʻzlashtirib yuborgan ayol ushlandi

© Sputnik / Pavel LisitsыnJenщina v naruchnikax
Jenщina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Uchtepa tumanida yashovchi ayol chet eldan parfyumeriya mahsulotlarini olib kelib berishni vaʼda qilgan

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Toshkentda bir ayoldan 82 ming dollar pul olib oʻz ehtyojlari yoʻlida ishlatib yuborgan ayol ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 9 iyul kuni tuman IIBga G.X. ismli ayol murojaat qilgan. Murojaatga koʻra, 2016 yil oxiri 2017 yil boshlarida Uchtepa tumanida yashovchi D.X. ismli ayol unga chet eldan parfyumeriya mahsulotlarini olib kelib berishni vaʼda qilib 82 ming dollar pulini olgan. Ammo u vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari yoʻlida ishlatib yuborgan.

Hozirda D.X. ushlangan.

Avvalroq Toshkentda Ukraina fuqarosi bilan 2 million dollarlik shartnoma tuzib, pulni berish oʻrniga uni oʻzlashtirib yuborgan shaxs qoʻlga olingani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala