Hodisalar

Surxondaryoda YTH oqibatida besh kishi halok boʻldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumani hududida M41 "Bishkek-Dushanbe" trassasida VAZ-2106 va Chevrolet Matiz avtomobillari toʻqnashib ketgan

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatida yuz bergan YTH oqibatida besh kishi halok boʻldi va bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi RIA Novosti respublika IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumani hududida M41 "Bishkek-Dushanbe" trassasida VAZ-2106 va Chevrolet Matiz avtomobillari toʻqnashib ketgan.

"Toʻqnashuv natijasida Chevrolet Matiz haydovchisi va yoʻlovchisi hamda VAZ-2106ning uch nafar yoʻlovchisi ogʻir tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etdi", - deb xabar qilgan boshqarma.

VAZ-2106 haydovchisi turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda YTH sabablari oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala