Hodisalar

Toshkentda avtobus agʻdarildi: 7 nafar yoʻlovchi jarohatlandi

© Sputnik / Stas EtveshSkoraya pomoщ, arxivnoye foto
Skoraya pomoщ, arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston
Voqea Yashnobod tumanida "Rohat" avtosaloni oldida sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Toshkentdagi Yashnaobod tumanida avtobus ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

"Kecha, 23 iyul kuni Toshkent halqa avtomobil yoʻli hududida Isuzu rusumli avtobus agʻdarilib ketgan. Voqea Yashnobod tumanida "Rohat" avtosaloni oldida sodir boʻlgan. Isuzu haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgani sababli yoʻl chetiga agʻdarilib ketgan.
 
Halokatda yetti nafar yoʻlovchi jarohatlangan va shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam koʻrsatilgach, javob berilgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala