Siyosat

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Mirziyoyevga telefon qilib tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev orasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

“Suhbat davomida Putin oʻz hamkasabasiga mustahkam sogʻliq, baxt, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi”, - deyilgan xabarda.

Suhbatda Vladimir Putin Oʻzbekiston Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi ostida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yoʻlidan ishonch bilan harakatlanayotganini hamda xalqaro va hududiy ishlarda oʻzining muhim oʻrnini egallayotganini qayd etdi.

Undan tashqari, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbuslari evaziga, ikki mamlakat munosabatlari strategik hamkorlik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilganini ham aytib oʻtdi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Oʻzbekistonda oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan uchrashuv muvaffaqiyatli oʻtishi va ikki mamlakat hamkorligi hajmini oshirishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala