Qirg‘iziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga mustahkamlik sog‘lik va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 24-iyul kuni telefon orqali muloqotda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevning professionalligi, boy boshqaruv tajribasi va mavjud muammolarni hal qilishga konstruktiv yondashuvi O‘zbekiston Respublikasining yanada gullab-yashnashiga hamda uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

“Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissangiz mamlakatimizda yuksak qadrlanadi”, - dedi Sooronbay Jeenbekov.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov Qirg‘iziston Mirziyoyevning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan qirg‘iz-o‘zbek munosabatlari bundan keyin ham ikki mamlakat o‘rtasida ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilishini ta’kidladi.

U shuningdek, qardosh O‘zbekistonda yozuvchi Chingiz Aytmatov tavalludining 90-yilligi keng nishonlanayotganini minnatdorlik bilan e’tirof etdi.

Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga mustahkamlik sog‘lik va mas’uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yangiliklar lentasi
0