Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga videotabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida faqat iliq va do‘stona aloqalar o‘rnatilgan – deyilgan Checheniston yetakchisining tabrigida.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga videotabrik tayyorladi.

Tabrikda Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasida iliq va do‘stona munosabatlar shakllanganligi, bu munosabatlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining ruhiga to‘la mos kelishi,  o‘tgan yilning kuzida O‘zbekistonga tashrif buyurganligi aytilgan.

"Mamlakat yetakchisi Shavkat Miromonovich, hukumat rahbarlari, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimlari bilan uchrashganman, korxonalar va har qanday musulmon kishi uchun muqaddas bo‘lgan joylarga borganman", - deb yozgan Checheniston rahbari. 

Ramzan Qodirov Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, O‘zbekistonga esa tinchlik, barqarorlik va ravnaq tiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.  

Yangiliklar lentasi
0