Jamiyat

Oktyabrda Toshkentda "Moskva kunlari" tadbiri boʻlib oʻtadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkentda "Moskva kunlari" Moskvada esa "Toshkent kunlari" tadbirlari boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Moskva Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar Departamenti delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.

Oleg Shutenko boshchiligidagi Moskva delegatsiya bilan uchrashuv davomida ushbu yilning oktyabr oyida Toshkentda ilk bor tashkil qilinayotgan "Rossiya - Oʻzbekiston hududlararo hamkorlik" forumi doirasida Toshkentda "Moskva kunlari" oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.

Avtomobili v tonnele - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent markazidagi tunnel ostiga radar oʻrnatildi

Oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan “Moskva kunlari” tadbiri doirasida Toshkentda madaniyat va sport tadbirlari hamda ishbilarmonlar uchrashuvlari tashkil qilish rejalashtirilgan. Ushbu forumga, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari ham tashrif burishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent va Moskva smart city, xavfsiz shahar, aqlli yoritish tizimi va parkovka kabi  infraztuzilma loyihalari doirasida ham hamkorlik qilishga kelishib olishgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, kelasi yil Moskvada “Toshkent kunlari” tadbiri oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0