TIV Rossiyaga borayotganlarga registratsiya bo‘yicha eslatma berdi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishRabota belorusskoy tamojennoy slujbi
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kelganlar 3 kun ichida registratsiya qilmasa, 2000 rubldan 5000 rublgacha jarima jazosi qo‘llaniladi.

TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi hududiy bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda O‘zbekiston TIV ma’lum qildi.

Bildirilishicha, uch kundan kam bo‘lgan muddatga keluvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.

Yurist Botirjon Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga ishlash uchun ketayotganlarga yurist Botirjon Shermatov tavsiyalari

“Rossiya Federatsiyasi hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Rossiya qonunchiligida belgilangan 2000 rubldan 5000 rublgacha miqdorda ma’muriy jarima jazosi qo‘llaniladi, ba’zi hollarda Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi hamda Rossiya hududiga 5-yil muddatgacha kirishi taqiqlanishi mumkin”, - deyiladi TIV xabarida.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzembassy.ru) yoki elchixonaning konsullik bo‘limiga +74992300076 telefon raqami orqali murojaat qilib batafsil ma’lumot olish mumkinligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0