O‘zbekistonda 527 va 648 million so‘mlik antiqa avtomobillar sotuvga qo‘yildi

© e-auksion.uzAvtomobil BMW 511
Avtomobil  BMW 511 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu antikvar avtomobillar bo‘yicha kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda antiqa avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasida sotuvga qo‘yildi.

Chayka na vistavke retro-avtomobiley v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Brejnevni olib yurgan "Chayka" limuzini sotuvga qo‘yildi

Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki esa 648 million so‘m deb belgilandi.

Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli (tegishli ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.

Ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan.

Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0