Dunyoda

Venesuela milliy valyutasini kriptovalyutaga bogʻladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro
Prezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Venesuelaning yangi milliy valyutasi 5ta nolga qisqaradi va kriptovalyuta kursiga bogʻliq boʻladi. Bu mamlakatni giperinflyatsiyadan saqlab qolishi mumkin.

TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Venesuela oʻz milliy valyutasini denominatsiya qilib uning kursini Petro nomli kriptovalyutaga bogʻlab qoʻyadi.

“Milliy pul-kredit tizimi islohoti 20 avgusta boshlanadi. Yangi suveren valyuta muomalaga kiritiladi. U Petro kriptovalyutasiga bogʻlangan boʻladi”, - dedi Venesuela prezidenti Maduro mahalliy telekanal orqali.

Maduro aytishiga qaraganda, milliy valyutaning kriptovalyutaga bogʻlanishi mamlakatdagi “moliyaviy vaziyatni keskin oʻzgartiradi”.

Hodisalar
Venesuelada politsiyachilar vertolyoti Oliy sud binosiga hujum qildi

Eslatib oʻtamiz, Venesuelada oxirgi 2-3 yil davomida iqtisodiy krizis va giperinflyatsiya kuzatimoqda. Biroz oldin Xalqaro valyuta fondi yil oxiriga qadar ushbu mamlakatda 1 000 000 % inflyatsiya yuz berishini xabar qilgan edi.

Petro – Venesuelaning milliy kriptovalyutasi boʻlib, u 2018 yilning 20 fevralida paydo boʻldi. 1 Petro qiymati Venesuela neftining 1 barreliga tenglashtirilgan. Milliy valyuta Venesuelaning tabiiy boyliklari – neft, oltin va olmoslar bilan taʼminlangan.

Kriptovalyuta, oltin kabi, cheklangan miqdorda chiqarilishi mumkin. Qogʻoz puldan farqli oʻlaroq,  hech kim kriptovalyutani oʻz xohishiga qarab, cheksiz miqdorda bosib chiqara olmaydi.

Venesuela rahbariyati kriptovalyutaning aynan shu xususiyati tufayli oʻz milliy valyutasini Petroga bogʻlashga qaror qilgan. Nazariyotda bu mamlakatni giperinflyatsiya va iqtisodiy kasoddan saqlab qolishi mumkin, lekin aslida qanday boʻlishi 20 avgustdan keyin maʼlum boʻladi.   

Yangiliklar lentasi
0