TOSHKENT, 26 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 15 iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ye-mehmon tizimi orqali roʻyxatga olish tizimi ishga tushdi. Bu haqda Oʻzbekiston Davlat turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga veb sayt, mobil ilova va mustaqil sayyohlarni roʻyxatga olish tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi.
Endilikda sayyohlar roʻyxatdan oʻtish masalasini davlat organlari ishtirokisiz hal etishi mumkin.
Yemehmon.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtilganida roʻyxatdan oʻtish oynasida oʻz maʼlumotlarini koʻrsatish, soʻngra “yetib kelish varaqasi” shaklini toʻldirish va toʻlov kartasi maʼlumotlarini koʻrsatib, turistik yigʻim boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish kerak boʻladi.
Emehmon mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtish uchun ilovani mobil qurilmaga oʻrnatish va mobil raqam yordamida avtorizatsiyadan oʻtish, mehmonning yetib kelish varaqasini toʻldirish va turistik yigʻim summasini toʻlash lozim.
Yuqoridagi usullardan mustaqil tashrif buyurgan xorij fuqarolari va xorijliklarni notijorat maqsadlarda qabul qilgan ularni taklif etuvchilar (qarindoshlari, doʻstlari) foydalanishlari mumkin.