Sport

Oʻzbekistonlik taekvondochilar Koreyada 22ta medal qoʻlga kiritishdi

© taekwondo.uz/Vstrecha tayekvondistov v Uzbekistane
Vstrecha tayekvondistov v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonlik taekvondochilar 10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza medallari sohibi boʻlishdi.

TOSHKENT, 26 iyul - Sputnik. Takevondo WTF boʻyicha Korea Open musobaqasida oʻzbekistonlik sportchilar 22ta medalni qoʻlga kiritishdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonlik taekvondochilar musobaqa davomida 10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza medallariga egalik qilishdi.
Nurlan Boydxoʻjayev, Zafarbek Karimov, Shahzod Joʻrayev, Ulugʻbek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Najmiddin Qosimhojiyev, Fariz Mahmudi, Gulhumor Sodiqova, Mohinabonu Ahadova va Saidmurodxoʻja Tohirxoʻjayev oltin medallarni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqada Oʻzbekistondan 30 nafar sportchi ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0