Mirziyoyev: jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Axborot markazi Bosh prokuratura tarkibiga o‘tkaziladi, navbatchilik qismlari respublika bo‘yicha yagona axborot va boshqaruv tizimiga birlashtiriladi, huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olishning elektron tizimi joriy qilinadi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ana shunday topshiriq berdi. Yig‘ilishda parlament va hukumat a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnashdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga ko‘rsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Inspektori motogruppi DPS Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashning yangi uslublari joriy etilmoqda

Shuningdek, har bir hududda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati reytingini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Reytingda yuqori o‘rin olgan rahbar va xodimlar mukofotlanadi, past o‘rin olganlar esa qat’iy jazolanadi.

Yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari ko‘payib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyida ro‘y bergan shunday hodisalarning 871 tasida 943 nafar odam halok bo‘lgan, yana ko‘plab insonlar jarohatlangan. Haydovchi va piyodalarning bilimi, qoidalarga itoatkorligi va yo‘l harakati ishtirokchilariga hurmati pastligi bunga sabab bo‘lgan.

Shu bois 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi to‘liq va sifatli bajarish, avtotransport boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish va yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0