Jamiyat

Yil boshidan buyon 63 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi – Bosh prokuratura

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
12 595 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 2 052 nafarining faoliyati tiklangan

TOSHKENT, 27 iyul – Sputnik. Joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida 3 145 ta sud qarorlari prokurorlar protestiga asosan bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi hayʼatining navbatdagi majlisida maʼlum qilindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining bildirishicha, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 11 512 ta noqonuniy hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan, 63 142 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 250,7 mlrd. soʻm zarar undirilgan.

“Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini kengaytirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, 12 595 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 2 052 nafarining faoliyati tiklangan”, - deyiladi xabarda.

Portfeli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda koʻrilgan choralar natijasida oʻtgan 6 oyda umumiy jinoyatchilik 38,7 foizga kamayishiga erishilgan.

Jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 3 145 ta sud qarorlari prokurorlar protestiga asosan bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan.

Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun 14,2 trln. soʻm, ijro hujjatlari boʻyicha 8,7 trln. soʻm mablagʻlar undirilishi taʼminlangan.

Majlisda prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni soʻzsiz ijro etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, topshiriq va koʻrsatmalarining qatʼiy bajarilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala