Yuridik kollej bitiruvchilari Yuridik universitetga test sinovlarisiz qabul qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente
Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qishga qabul qilingan talabalar maxsus uch yillik dastur bo‘yicha ta’lim oladilar.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid qildi

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2018-yil 13-apreldagi qarori bilan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik kolleji bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichiga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish yo‘li bilan kirishi mumkinligi belgilangan edi.

Nizomda ushbu jarayonning qanday amalga oshirilishi belgilab berildi.

Nizomga muvofiq, Adliya vazirligi yuridik kolleji bitiruvchilari TDUUda o‘qishni to‘lov kontrakt asosida amalga oshiradi. O‘qishga qabul qilish yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi. Suhbat abituriyentlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunishini, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiyasini, shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini, chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Yuridik kollej bitiruvchilariga hududiy adliya organlari tomonidan yo‘llanmalar berish masalasi bilan shug‘ullanuvchi komissiya tegishli o‘quv yilining 10-mayidan kechiktirmay tegishli adliya organining buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari, boshqa tashkilotlar vakillari kiritiladi.

Studenti kolledja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xalqaro kollej ochiladi

Bitiruvchilar har yili 25-maydan kechikmay maxsus komissiyaga yo‘llanma berish uchun ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizalar 1-iyundan 10-iyunga qadar ko‘rib chiqiladi.

Bitiruvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting natijalari barcha fanlardan 71 va undan yuqori foizni tashkil etishi, kollej ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki, o‘rnatilgan ichki tartib qoidalar, odob-axloq qoidalariga rioya etishi yo‘llanma berish masalasini hal etishda minimal talablar hisoblanadi.

Maxsus komissiyaning qarori asosida hududiy adliya organi rahbari tomonidan yo‘llanma berish yoki yo‘llanma berishni rad etish haqidagi yakuniy qaror qabul qilinadi. Qarorning xolisligi uchun shaxsiy javobgarlik hududiy adliya organi rahbari zimmasiga yuklanadi.

Ichki tartib-qoidalarni buzgan bitiruvchiga yo‘llanma berilmaydi.

Taqdim etiladigan yo‘llanmalar soni kollej bitiruvchilari umumiy sonining 30 foizidan oshmasligi kerak.

Yo‘llanma olgan abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 1-iyuldan 10-iyulgacha Adliya vazirligi va TDUU xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Suhbat 20 daqiqagacha davom etadi va 100 ballik tizimda baholanadi.

Chet tilidan CEFR bo‘yicha B1 darajasiga, IELTS bo‘yicha 5.5 va undan yuqori ballga, TOEFL bo‘yicha 70 va undan yuqori ballga, TestDaF bo‘yicha TDN3 darajasiga ega bo‘lgan abituriyentlar chet tili bo‘yicha suhbatdan ozod etiladi va maksimal 25 ball qo‘yiladi.

Natijalar TDUU veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng ertangi ish kunida e’lon qilinadi. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatga kelmaganida, suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganida ularni qabul qilish amalga oshirilmaydi.

Bundan tashqari suhbat qayta o‘tkazilmaydi va natijalar ustidan shikoyatlar apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi.

Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi

O‘qishga qabul qilingan talabalar maxsus uch yillik dastur bo‘yicha ta’lim oladilar.

TDUU bakalavriati bitiruvchilari uch yil uzluksiz ishlab berish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarga taqsimlanadi. Yuqori reyting natijasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar o‘z tanlovi bo‘yicha ishga joylashadilar. Ishga taqsimlangandan so‘ng bitiruvchilar bir oydan oshmagan muddatda ko‘rsatilgan ish joyida bo‘lishlari lozim.

Uzluksiz ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchi TDUUda o‘qishni bitirgan vaqtda amalda bo‘lgan shartnoma summasining yigirma besh baravari miqdorida kompensatsiya to‘lab berishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0