O‘zbekistonda yakkakurashchilar uchun yangi musobaqa tashkil etiladi

© NOK UzbekistanaV Tashkente sostoyalsya krupniy festival po jang san’ati i vostochnim yedinoborstvam
V Tashkente sostoyalsya krupniy festival po jang san’ati i vostochnim yedinoborstvam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kikboksing, muaytay, qo‘l jangi, ushu bilan shug‘ullanayotgan sportchilar o‘rtasida boks bo‘yicha turnir tashkil qilish taklif etildi

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasida boks, dzudo, taekvondo WTF va karate WKF sport turlari bo‘yicha saralash musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sharq yakkakurashlarining turli yo‘nalishi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb qilish, ular uchun maxsus musobaqa o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Kurash, Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kurashi - polvonlar emaklamaydi

“Unga ko‘ra kikboksing, muaytay, qo‘l jangi, ushu bilan shug‘ullanayotgan sportchilarimiz o‘rtasida boks bo‘yicha turnir tashkil qilish taklif etildi”, - deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan tashqari, kurash, sambo, belbog‘li kurash, jiu-jitsudan dzudoga, taekvondoning an’anaviy, shuningdek, ITF va GTF yo‘nalishlari, o‘zbek jang san’ati, jun ri dodan taekvondo WTFga, fudokan karate-do, an’anaviy karate va shotokan karate-dodan esa karatening WKF yo‘nalishiga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

15-21 yoshli sportchilar ishtirokida tashkil qilinadigan musobaqani joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazish rejalashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0