O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodiga asos solinishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishII Rossiyskaya ekologicheskaya nedelya v Moskve
II Rossiyskaya ekologicheskaya nedelya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu sohada xorijlik sarmoyador va sherik sifatida Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan.

TOShKENT, 27-iyul – Sputnik. Buxoro viloyatida elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

“Bu davlatimiz rahbarining “2018-2019 yillarda investitsion va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ro‘yobga chiqariladi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, mazkur hujjat asosida istiqbolli hududiy loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan. Masalan, Buxoro viloyatida umumiy qiymati 273 million dollarlik yettita loyiha belgilangan. Ulardan biri muqobil energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarishdir.

Vstrecha uchastnikov Matiz-kluba v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Matiz - orqaga qayt, biz seni sog‘indik!

Ayni paytda mazkur loyihaga 64 million AQSh dollar miqdorida xorij investitsiyasi jalb etilishi aytilmoqda. Loyihani amalga oshirishning taxminiy muddati 2019-2020 yillar. Bu boradagi loyiha quvvati aniqlanyapti.

Ushbu sohada xorijlik sarmoyador va sherik sifatida Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xitoy brendiga 2010-yilda asos solingan. Ayni paytda u bozorga ikkita Suda Yinse va Suda Lance markasini yetkazib berayotir. 2017-yil martida esa elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 377 million dollarlik va yillik quvvati 100000 donaga teng bo‘lgan yangi loyihasi haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0