O‘zbekistonliklar noyob astronomik hodisaga guvoh bo‘lishadi

© Sputnik / Vladimir SergeyevPolnolunie nad Moskovskim mejdunarodnim delovim sentrom "Moskva-Siti"
Polnolunie nad Moskovskim mejdunarodnim delovim sentrom Moskva-Siti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer Quyosh va Oy orasidan o‘tadi va tabiiy yo‘ldoshini soyasi bilan to‘sadi.

TOShKENT, 27-iyul – Sputnik.  27-iyuldan 28-iyulga o‘tar kechasi o‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘lishadi. Yuz yilda bir marta sodir bo‘ladigan bu noyob hodisani butun O‘zbekiston hududida kuzatish mumkin bo‘ladi.

Glastonberi Tor oldida Super Oy ko‘tarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Super Oy dunyoning turli joylaridan qanday ko‘rindi

Yer Quyosh va Oy orasidan o‘tadi va tabiiy yo‘ldoshini soyasi bilan to‘sadi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xodimlarining ma’lumot berishicha, Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 23:24da boshlanadi. Quyosh tutilishidan  farqli o‘laroq, Oy tutilishi paytida u to‘liq holda ko‘rinib turadi. Soya Oyga tushishi chog‘ida u qizil-jigarrang tusga kiradi, deb xabar bermoqda “Darakchi”.

Yer yo‘ldoshi 28-iyul kuni soat 3dan 19 daqiqa o‘tganida soya ostidan to‘liq chiqadi. Noyob tabiat hodisasini qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin, ammo astronomlar yanada yorqin taassurotga ega bo‘lish uchun durbin va teleskoplardan foydalanishni maslahat berishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0