Xorij banklaridan 3,5 mln dollar o‘margan guruhning Toshkentdagi rejasi chippakka chiqdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Makedoniyadagi banklarning birida amalga oshirilgan o‘g‘irlikdan so‘ng guruh a’zolari Turkiyaning Istanbul shahrida uchrashishadi va keyingi nishon sifatida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri tanlanadi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida Toshkentdagi banklardan birida katta miqdordagi pulni o‘g‘irlash uchun chet eldan kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

“Aniqlanishicha, mazkur guruh turli davlatlardagi banklarni o‘marish bilan shug‘ullanib kelgan. Xususan, 2015-2018 yillarda 50 dan ortiq jismoniy shaxsning banklarda saqlanayotgan 3,5 million AQSh dollari miqdoridagi pullari aynan ushbu guruh a’zolari tomonidan ustamonlik bilan o‘g‘irlab ketilgan. Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Makedoniya kabi davlatlarning ayrim bank muassasalarining himoya tizimlari ularning oldida ojizlik qilgan", - deyiladi ko‘rsatuvda.

Makedoniyadagi banklarning birida amalga oshirilgan o‘g‘irlikdan so‘ng guruh a’zolari Turkiyaning Istanbul shahrida uchrashishadi va keyingi nishon sifatida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri tanlanadi.

Guruh a’zolarining maqsadi Toshkentdagi banklarning birida mijozlarga tegishli shaxsiy qutichalarda saqlanayotgan pullarni qalbaki kalitlar yordamida o‘g‘irlash bo‘lgan. Buning uchun avvaliga bank binosi ko‘zdan kechirilgan. So‘ngra guruh a’zolaridan biri bank hisobraqamlaridan foydalanish bahonasida valyuta hisobraqami ochgan. Ikkinchisi esa ijaraga depozit quticha olgan.

O‘g‘irlik rejalashtirilgan bankda o‘z qutisini tekshirish bahonasida 18-marta mijozlar qutilari saqlanadigan xonaga kirib chiqqan va mingta qutichadan 140 tasining pultini maxsus videokameraga muhrlashga ulgurgan. Bu ishni Ukraina fuqarosi Vacheslav Sheremet bajargan.

Jinoyatga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish maqsadida guruh yetakchisi, AQSh fuqarosi Stavko Aleks Toshkent shahriga keladi. So‘ng guruhning yana bir a’zosi, MDHdagi davlatlar banklarida o‘g‘irlik qilgani uchun bir necha bor sudlangan Ukraina fuqarosi Alek Dubrovskiy bilan “O‘zbekiston” mehmonxonasida uchrashadi hamda rejalashtirilayotgan o‘g‘irlik masalasini muhokama etishadi. Qirg‘izistondan kalit yasovchi maxsus uskuna keltiriladi. Ukrain fuqarosi Vladislav Bus ushbu uskuna yordamida videotasvirlarga qarab 18ta quticha kalitini yasaydi.

Aleks va Dubrovskiy ma’lum muddatdan so‘ng biri Olmaota shahriga, ikkinchisi esa Nyu-York shahriga uchib ketadi. Vladislav Bus va Vacheslav Sheremet esa Toshkentda qo‘lga olinadi.

Hozirda qo‘zg‘atilgan ish doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilib, guruhning boshqa a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0