TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston bozoriga kirish uchun Qozogʻiston avtosanoatiga chetga yetkazib berishni eksportdan oldin moliyalashtirish va davlatning qator subsidiyalari talab qilinadi, dedi "KazAvtoProm" uyushmasi rahbari Oleg Alferov.
“Oʻzbekistonda sohamiz salohiyatini roʻyobga chiqarish istiqbollari mavjud. Ammo ichki tusdagi toʻsiqlar mavjud. Ular yetkazib berish va sertifikatlashtirish xarajatlarini kamaytirish zarurati bilan bogʻliq. Bu muammolarni hal etish davlat tomonidan kompleks qoʻllab-quvvatlashni talab qiladi. Gap xorijga yetkazib berishni eksportdan avval va eksportni moliyalashtirish, transportirovkani subsidiyalash, yetkazib berishni sugʻurtalash hamda debitor qarzdorligi haqida bormoqda”, - dedi u.
Uning aytishicha, mazkur amallar hozir Rossiyada amalga oshirilmoqda, deb yozadi Podrobno.uz.
“Ulardan Qozogʻistonda ham foydalanish mumkin edi. Biz bu tajriba oʻzimizda amalga oshirilishini istaymiz. Eksport taʼminotini amalga oshirish boʻyicha davlatning qoʻllab-quvvatlovi zarur, agar u sezilarli hajmda boʻlmasa, tashqi bozorlarga chiqish imkoni boʻlmaydi”, - taʼkidladi uyushma rahbari.
“KazAvtoProm» maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilning birinchi yarmida mamlakatda 14,6 mingdan ortiq transport vositasi ishlab chiqarildi.