Moskva sirkida tomosha vaqti yo‘lbars sherga hamla qildi

© Sputnik / Dmitriy KorobeynikovAttraksion zaslujennix artistov Rossii Edgarda i Askolda Zapashnix "Sredi xishnikov" v programme "Zvezdi sirka - 2001" na arene Bolshogo Moskovskogo gosudarstvennogo sirka na prospekte Vernadskogo.
Attraksion zaslujennix artistov Rossii Edgarda i Askolda Zapashnix Sredi xishnikov v programme Zvezdi sirka - 2001 na arene Bolshogo Moskovskogo gosudarstvennogo sirka na prospekte Vernadskogo. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur hayvon o‘rgatuvchi Askold Zapashniy sher va yo‘lbars jangini to‘xtatish uchun pistoletdan o‘q uzishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Bir necha kun oldin, Vernadskiy ko‘chasidagi Moskva Katta sirkiga kelgan tomoshabinlar oldida sher va yo‘lbars orasida haqiqiy jang sodir bo‘ldi.

Mashhur hayvon o‘rgatuvchi Askold Zapashniy ularni ajratish uchun dastlab,  olishayotgan yirtqichlar tomon tumbalarni uloqtirdi. Tumbalar ish bermagach, u nur va shovqin chiqaruvchi pistoletdan osmonga qarata o‘q uzdi. Qattiq gumburlash hayvonlarni darhol tartibga soldi.

“Bugun birinchi marotaba nur va shovqin chiqaruvchi quroldan o‘q uzdim. Xudoga shukur-ki, bu bilan “jangga” qo‘shilmoqchi bo‘layotgan sher Fillipni to‘xtatib qoldim, lekin hammasi silliq kechmadi. Qurol dastlab kiyimga ilashib qoldi, keyin qo‘limdan tushib ketdi”, - deb yozgan Zapashniy o‘zining istagramida.

Yangiliklar lentasi
0