Siyosat

Kamilov Oq uyda Trampning Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari bilan uchrashdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishBelыy dom v Vashingtone
Belыy dom v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Muzokaralarda ikkiyoqlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, Afgʻonistondagi vaziyatning tinchlik holatiga oʻtishi imkoniyatlari hamda dolzarb xavf va tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasining Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Mira Rikardel bilan uchrashdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prazdnovaniye Uraza-bayrama v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Abdulaziz Kamilov AQShda din erkinligi masalalarini muhokama qiladi

"Joriy yilning may oyidagi Oʻzbekiston – AQSH oliy darajali uchrashuvlarining yakunlari mazkur suhbatning markaziy mavzusi boʻldi. Bu esa "Oʻzbekiston – AQSH: strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi" nomli ikki davlat rahbarlarining qoʻshma bayonotida oʻz aksini topgani qayd etildi", - deb taʼkidlanadi xabarda.

Taʼkidlanishicha, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, Afgʻonistondagi vaziyatning tinchlik holatiga oʻtishi imkoniyatlari hamda dolzarb xavf va tahdidlarga qarshi kurashishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekiston – AQSH muloqoti va xalqaro kun tartibidagi boshqa asosiy yoʻnalishlar yuzasidan fikr almashilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala