Dunyoda

Latviyalik deputat Rossiyani bir nechta qismlarga boʻlib tashlashni taklif qildi

"Rossiya etnik tarkibi boʻyicha kichik mamlakatlarga boʻlib tashlangandagina harbiy mojarolar tugaydi, Yevropada esa uzoq yillarga tinchlik oʻrnatiladi", - deb xulosa qilgan Kirshteyns

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Latviya seymi deputati Aleksandr Kirshteyns "Rossiyani bir nechta qismlarga boʻlaklab tashlash" zarurati haqida maʼlum qildi. Siyosatchi bu haqda oʻzining Tvitterida yozgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Latviyalik deputatning fikriga koʻra, bunday chora uning mamlakati va Yevropa hotirjamligi uchun zarur.

Ispыtaniya giperzvukovoy raketы Kinjal - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya eng yangi "Kinjal" gipertovushli raketani sinovdan oʻtkazdi - video

"Rossiya etnik tarkibi boʻyicha kichik mamlakatlarga boʻlib tashlangandagina harbiy mojarolar tugaydi, Yevropada esa uzoq yillarga tinchlik oʻrnatiladi", - deb xulosa qilgan Kirshteyns.

Siyosatchi bu fikrni Sobiq Ittifoq gimnining ekstremistik variantini taklif qilgan yozuvchi Vladimir Voynovichga bagʻishlangan postga izoh tarzida qoldirgan.

Voynovich shanbaga oʻtar kechasi 85 yoshida yurak xuruji oqibatida olamdan oʻtdi. Yozuvchi oʻzining "Askar Ivan Chonkin haqidagi trilogiya", "Moskva 2042" asarlari orqali tanilgan.

Latviyada Rossiyaga qarshi shiorlar koʻp marotaba jarang topgan. Shunday boʻlsa-da, bir qator latviyalik siyosatchilarning taʼkidiga koʻra, Latviya tashabbusi bilan yomonlashgan Riga va Moskva munosabatlarining hozirgi holati faqatgina Rigaga zarar keltirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala