Dunyoda

Qirgʻizistonda oʻtovlarda kinoteatrlar tashkil qilinadi

© Sputnik / Vladimir PirogovYurta
Yurta - Sputnik Oʻzbekiston
Kino koʻrish uchun kirish bepul boʻladi

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Issiq-Koʻl viloyatining Qirchin dalasida ilk marotaba "Mongu" kinoforumi boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston nashri tadbir direktsiyasi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Taʼkidlanishicha, filmlar namoyishi III Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari doirasida boʻlib oʻtadi.

Tadbir oʻtkaziladigan joyda kinoyurtalar va proyektorlar oʻrnatiladi, keng daladagi sahna esa katta ekran boʻlib xizmat qiladi.

Forum dasturiga koʻra xalqaro va milliy kinematorgrafiya mutaxassislari tomonidan seminarlar va master-klasslar oʻtkaziladi.

Kino koʻrish uchun oʻtovlarga kirish erkin boʻlishi belgilangan. Oʻtov kinoteatri 3 sentyabr kuni ochilib, 6-kuni yopiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala