Hodisalar

Toshkent yoʻllarida bir kechada toʻrt yuzdan ziyod qoidabuzarliklar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoye avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Nochnoye  avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent koʻchalarida tungi vaqtlarda mast holatda avtomobil boshqargan haydovchilar 6 nafarni, xavfsizlik kamarini taqmaganlar soni esa 209 nafarni tashkil qilgan

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 28 iyuldan 29 iyulga oʻtar kechasi soat 435 ta yoʻl harakati qoidalarining buzilishi holatlari aniqlandi, deb xabar qildi IIBB matbuot-xizmati.

Xususan, avtomobilni mast holda boshqarganlar 6 kishini, yoʻl belgilari va svetoforning qizil chirogʻiga boʻysunmaganlar soni esa 29tani tashkil qilgan. Shuningdek, tegishli hujjatlarsiz avto-moto boshqarganlar – 14ta; xavfsizlik kamarini taqmaganlar – 209tani tashkil qilgan.

Festival Motoarmiya v parke Patriot - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Baykerlar, tarillatmang": IIBB mototsikl haydovchilariga murojaat qildi

"Kechki vaqtlarda shahar koʻchalarida sodir etilayotgan motopoygalar yuzasidan aholidan tushayotgan shikoyatlarga koʻra, ushbu tadbirlarda mototsiklchilarga alohida eʼtibor qaratildi", - deyiladi xabarda.

Toshkent IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmati xodimlari mototsiklni boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarga ega boʻlgan mototsiklchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga kechki va tungi vaqtlarda aholi oromini buzish mumkin emasligi uqtirishgan.

Ammo, ular orasida nafaqat tezlikni oshirib, dvigatel shovqinini balandlatib koʻpchilikning eʼtiroziga sabab boʻlayotgan balki yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotgan mototsiklchilar ham aniqlangan.

Shtrafы s Kamer - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Haydovchilar jarimalarni YHXBga bormasdan toʻlashlari mumkin boʻladi

Mototsiklni tez boshqarib borayotgan 8 nafar mototsiklchi toʻxtatilib, tekshirilganda ulardan: 1 nafari mast (29yoshli Vyacheslav R., Kawasaki rusumli mototsikl); 5 nafari esa tegishli hujjatlarga ega emasligi maʼlum boʻlgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati baykerlardan yana bir bor tungi vaqtlarda fuqarolarning oromini buzib, tarillatib mototsikl boshqarmaslikni soʻramoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala