Siyosat

Toshkentda transport yoʻlaklari boʻyicha xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi

© Xalqaro press klub50 metrovыy flagshtok v tsentre Tashkenta
50 metrovыy flagshtok v tsentre Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirda Markaziy Osiyoda yagona, koʻp tarmoqli, shuningdek, tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Joriy yil 20-21 sentyabr kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Tadbirda oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida xalqaro transport yoʻlaklaridan samarali hamda oʻzaro manfaatli foydalanish, Markaziy Osiyoda yagona, koʻp tarmoqli, shuningdek, tashqaridan integratsiyalangan transport maydonini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport yoʻlaklarini shakllantirish boʻyicha muloqotni yanada rivojlantirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala