Dunyoda

Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaMinistr MVD Tadjikistana Raximzoda Ramazon Xamro
Ministr MVD Tadjikistana Raximzoda Ramazon Xamro - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaning aytishicha, sayyohlarga qasddan qurolli hujum uyushtirilgan

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Dangʻara shahrida chet ellik sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilgani toʻgʻrisidagi faktni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Sotrudniki FSB RF predotvratili terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston maxsus xizmatlari Rossiyada teraktlar oldini olishga yordam berdi

Vazirning soʻzlariga koʻra, turistlar ustiga mashina bilan bostirib borish holatidan tashqari, takroriy hujum holati ham qayd etilgan. Mashina yosh yigitlarni urib ketgach, jinoyatchilar avtomobil ichidan sakrab chiqib, sayyohlarga pichoq bilan hamla qilishgan.

"Bu sharmandali jinoyat. Uch nafar gumondor hozirda qochib yuribdi. Hozirda bu bilan maxsus tuzilgan guruh shugʻullanmoqda. Barcha tafsilotlarni aniqlashtirmoqdamiz. Dangʻarada yuz bergan hodisaning toʻliq holati hozircha aniq emas", - deb aytgan Rahimzoda.

Vazirning taʼkidiga koʻra, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida hujum uyushtirganlarning bir nafari oʻldirilgan, biri qoʻlga olingan va yana uch nafari qidirilmoqda. Oʻldirilgan shaxsning yonidan oʻqotar qurol topilgan, bu esa qolgan jinoyatchilar ham qurollangan boʻlgan boʻlishi mumkin degan fikrni tugʻdiradi.

Dvorets Natsii v Dushanbe, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston diniy ulamolari nozik mavzuda fatvo eʼlon qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon velosayyohlarning halok boʻlishi munosabati bilan uch mamlakat rahbarlariga oʻz hamdardligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Dangʻara tumani Sebiston jamoati hududida toʻrt nafar chet ellik sayyohlar halok boʻldi. Ularning ikki nafari AQSH, biri Niderland va yana biri Shveytsariya fuqarosidir.

Yana uch nafar sayyoh jarohatlangani maʼlum qilinmoqda.

Ayni vaqtda jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini ushlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dastlabki versiyaga koʻra, bir guruh chet ellik sayyohlar ustiga Nurek shahridan boʻlgan 21 yashar Jafariddin Yusufov boshqaruvidagi "DEU Leganza" rusumidagi avtomashina bostirib borgan.

Hodisa yuz berganidan soʻng mashina voqea joyidan yashiringan, ammo tez orada Dangʻaraning Torbuloq qishlogʻi hududidan topilgan.

Tojikiston IIV chet ellik sayyohlarga uyushtirilgan hujum YTH, bosqinchilik hujumi, talonchilik, qotillik va hatto terakt oqibatida yuz bergan boʻlishi mumkin degan taxminlarni ilgari surmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala