Jamiyat

"Oʻzdonmahsulot"ga yangi rais tayinlandi

© uzdon.uzProduktsiya kompanii "Uzdonmaxsulot"
Produktsiya kompanii Uzdonmaxsulot  - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi sobiq rahbari Surʼat Haydarov poraxoʻrlikda ayblanib, qoʻlga olingandi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Farrux Jahongirovich Poʻlatov "Oʻzdonmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

"Oʻzdonmahsulot" AKning asosiy vazifalariga yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan taʼminlash kiradi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi sobiq rahbari Surʼat Haydarov poraxoʻrlikda ayblanib, qoʻlga olingandi.

Surʼat Haydarov pora evaziga oʻziga biriktirilgan kompaniyadagi talon-torojliklarga koʻz yumgan, shuningdek kompaniya tizimiga koʻplab qarindoshlarini ishga olib kirgan va poraxoʻrlik tizimini yaratgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala