"O‘zdonmahsulot"ga yangi rais tayinlandi

© uzdon.uzProduksiya kompanii "Uzdonmaxsulot"
Produksiya kompanii Uzdonmaxsulot  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zdonmahsulot” kompaniyasi sobiq rahbari Sur’at Haydarov poraxo‘rlikda ayblanib, qo‘lga olingandi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Farrux Jahongirovich Po‘latov "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

"O‘zdonmahsulot" AKning asosiy vazifalariga yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlash kiradi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi sobiq rahbari Sur’at Haydarov poraxo‘rlikda ayblanib, qo‘lga olingandi.

Sur’at Haydarov pora evaziga o‘ziga biriktirilgan kompaniyadagi talon-torojliklarga ko‘z yumgan, shuningdek kompaniya tizimiga ko‘plab qarindoshlarini ishga olib kirgan va poraxo‘rlik tizimini yaratgan.

Yangiliklar lentasi
0