IShID Tojikistonda turistlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

© AFP 2023 / AMER ALMOHIBANY / AFPSiluet voorujonnogo boyevika
Siluet voorujonnogo boyevika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni turistlarga hujum qilishda qatnashgan uch jinoyatchi qurolli qarshilik ko‘rsatish chog‘ida yo‘q qilingan.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik guruhi Tojikistonda xorijlik turistlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Ministr MVD Tadjikistana Raximzoda Ramazon Xamro - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

Bu haqda ekstremistlarning informatsion faolligi monitoringini olib boruvchi Amerikaning SITE Intelligence Group kompaniyasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Avvalroq Tojikiston IIV matbuot xizmati 29-iyul kuni Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobilda uyushtirilgan hujum oqibatida mamlakat bo‘ylab velosipedda sayr qilib yurgan to‘rt nafar xorijlik turist - ikki nafar AQSh fuqarosi, Niderlandiya va Shveysariya fuqarosi halok bo‘lganini xabar qilgandi. Uch nafar xorijlik turist esa jarohatlangan.

Dushanba kuni turistlarga hujum qilishda qatnashgan uch jinoyatchi qurolli qarshilik ko‘rsatish chog‘ida yo‘q qilingan. Hujumga aloqadorlikda gumonlanib yana bir necha kishi qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0