Ichimlik suvining narxini tabiiy gazdan qimmatroq qilib qo‘yish taklif etildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVodoprovodniy kran
Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hovlilarda yashovchi fuqarolar ichimlik suvini shunchaki ko‘chaga sepib, hamma yerni salqinlashtirish evaziga juda ko‘p miqdordagi toza ichimlik suvini uvol qilmoqda – deyilgan murojaatda.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga ichimlik suvini asrash bo‘yicha murojaat joylashtirildi.

Sarezskoe ozero na Pamire - Sputnik O‘zbekiston
Zagarin: Saroz ko‘lining sotib yuborilishi O‘zbekistonga qiyinchilik tug‘diradi

Murojaat mualifi ichimlik suvining narxini tabiiy gazdan ham qimmatroq qilib qo‘yishni taklif qilgan.

“Pulini to‘layapmanku deb xohlaganicha isrof qilayotganlarni yoz kunlari haddan ziyod ko‘p ko‘rapmiz. Ayniqsa, hovlilarda yashovchi fuqarolar ichimlik suvini shunchaki ko‘chaga sepib, hamma yerni salqinlashtirish evaziga juda ko‘p miqdordagi toza ichimlik suvini uvol qilmoqda. Oxirgi ko‘rsatgichlarga qarab hisoblasak, ichimlik suvi uchun eng arzon narx 1 m3 = 345 so‘m bo‘lsa, shu narxni bir necha barobargacha, 1 m3 uchun 2000 so‘mgacha yoki undanda qimmatroq qilsak, balki aholimiz ichimlik suvini uvol qilishmasmidi”, - deyilgan murojaatda.

Ilgariroq BMTning suv va sanitariya haqida umumiy hisobotida jahonda 2,1 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi ta’minotidagi qiyinchiliklarga duch kelganligi haqida xabar berilgandi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 70 foiz ichimlik suv qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.

"O‘tgan asr davomida dunyo 70 foiz tabiiy suv havzalarini yo‘qotdi. Suv bilan bog‘liq ekotizimni saqlab qolish va tiklash ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy o‘sish uchun juda muhimdir", — deyilgan hisobotda.

Yangiliklar lentasi
0