O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda

© Ministerstvo oboroni RUzVoyennoslujashie VS RUz
Voyennoslujashie VS RUz  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovi Rossiyaning Kolsovo yaqinidagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti poligoni bazasida o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. 2018-yil 29-iyul kuni “Xalqaro armiya o‘yinlari - 2018” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasining 1 bosqichidan keyin o‘zbekistonlik harbiylar ikkinchi bo‘lib ketishmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tankoviy balet: tajelie T-80 kurjatsya pod Lebedinoe ozero - Sputnik O‘zbekiston
Og‘ir tanklar  balet raqsini ijro etdi

Razvedkachilar “Mi-8” vertolotidan parashut yordamida desant bo‘lib tushishi hamda belgilangan yig‘ilish punktiga chiqish amaliyotini bajarishlari lozim. Shundan so‘ng ishtirokchilar yashirib qo‘yilgan yukni topishlari, maxfiy ma’lumotni shtabga yuborishlari va 15 kilometr masofani bosib o‘tishlari, shuningdek, birgalikda tuzoq tashkillashtirishlari kerak.

Qo‘shin radvekachilari, shuningdek, haydovchi-mexaniklar tayyorgarligi va otish mashqlarini  bajarib, “Razvedkachi yo‘lagi” kabi to‘siqlarni bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Razvedka guruhlari “dushman” bilan to‘qnashish ehtimoli mavjud sharoitda azimutlar (yoki topografik xarita) bo‘yicha harakatlangan va barcha nazorat nuqtalarini butun tarkibda o‘tgan holda 10-15 km.ga marsh-brosokni uyushtirgan.

© Ministerstvo oboroni RUzVoyennoslujashie VS RUz
O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie VS RUz

Razvedka guruhi mutaxassisi kichik serjant Sardor Mamarasulov tomonidan “Safdoshlarining kayfiyati jangovar, guruh O‘zbekiston hududida munosib tayyorgarlikdan o‘tdi, musobaqada o‘tgan yilgi ishtirokining tajribasidan kelib chiqqan holda bu yil ham yuqori natijalarni ko‘rsatish niyatida ekani” ta’kidlandi.

© Ministerstvo oboroni RUzVoyennoslujashie VS RUz
O‘zbek razvedkachilari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda ketishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie VS RUz

Har bir razvedka jamoasi jamoa rahbari va sardori, 10 kishidan iborat razvedkachilar guruhi, 2 ta zahira ishtirokchi, 2 ta murabbiy, ta’minot guruhidan 3 kishi va texnik ta’minot guruhidan 3 kishidan tashkil topgan.

Xalqaro musobaqaning “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovi Rossiyaning Kolsovo yaqinidagi Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti poligoni bazasida o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning eng sara qo‘shin razvedkachilari o‘zaro kuch sinashmoqda. Filippin va Hindiston vakillari bu tanlovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0