Internetda Yulduz Usmonovaning raqsi hammani hayratga soldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mashina oldida raqs tushgan videorolik internetda yashin tezligida tarqalmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning harakatlanayotgan avtomobil oldida raqs tushgani aks ettirilgan videorolik joylashtirildi.

Videorolikda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan "Kiki chelendj" raqsini ijro etgan.

"Kiki challege" yangi zamonaviy fleshmob hisoblanadi. Unga ko‘ra mashina harakatlanayotgan vaqtda uning oldida raqsga tushiladi.

Bu videorolik san’atkorning barcha muxlislarini hayrat va taajjubga solmoqda. Ayni damda ushbu videorolikni o‘zbekistonliklar qizg‘in muhokama qilishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0