1300dan ortiq abituriyent test sinovlariga kelmadi

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bugundan boshlangan test sinovlariga turli sabablarga ko‘ra 1391 nafar abituriyent kelmadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi

Abduhakimovning bildirishicha, test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 50 ta ta’lim yo‘nalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yangiliklar lentasi
0