TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining Ajlan & Bros. kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ajlan & Bros. kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda elektron tijorat, onlayn toʻlov, raqamli savdo maydonchalari uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqarish yoʻnalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar oʻrnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat koʻrsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganmoqdamiz”, - dedi Ajlan & Bros. kompaniyasi bosh menejeri Muhammad Alhas.
Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.