Dunyoda

Meksikada yuzdan ortiq yoʻlovchi boʻlgan samolyot halokatga uchradi

© REUTERS / SOCIAL MEDIAPojarnыe ustranyayut ogon na meste krusheniya samoleta v Meksike
Pojarnыe ustranyayut ogon na meste krusheniya samoleta v Meksike - Sputnik Oʻzbekiston
Mexikoga yoʻl olgan Embraer 190 samolyoti Durango shahrining aerportida halokatga uchradi.

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Aeromexico aviakompaniyaga qarashli Embraer 190 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Mexikoga yoʻl olgan Embraer 190  samolyoti Durango shahrining aerportida halokatga uchradi. Boʻron va kuchli shamol oqibatida samolyot koʻtarilishi qiyinlashadi. Samolyot ekipaji samolyotni toʻxtatishga harakat qilishadi, shu vaqtda samolyot oʻchish-qoʻnish polosadan tashqariga chiqib ketadi.

Samolyotda 103 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Halokat oqibatida 18 nafar yoʻlovchi jarohatlandi.

Meksika aloqa va transport vaziri Xerardo Ruis Esparsa maʼlumotlariga koʻra, 98 nafar yoʻlovchi Durango gospitalida qolmoqda.  

Yoʻlovchilardan hech kim halok boʻlmadi. Samolyotda yuzaga kelgan yongʻinga qaramasdan koʻpchilik yoʻlovchilar mustaqil ravishda samolyotdan chiqib ketadilar.

Ushbu samolyot 10 yil davomida eksluatatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala