TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkent shahrida avval berkitilgan Fidokor koʻchasining Oybek koʻchasiga chiqish qismi transport vositalari harakati uchun ochildi.
“Hurmatli hamshaharlar! Bir necha muddat transport vositalari harakati uchun yopiq boʻlgan Fidokor koʻchasining Oybek koʻchasiga chiqish qismida endi yana avtomobillar harakatlanishi mumkin”, - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Taʼkidlanishicha, kecha, 31 iyul kuni mazkur toʻsiqni olib tashlash va ushbu yoʻlda avtomobillar harakatini tiklash ishlari boshlangan.